Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

To‘rt migrant 70 yoshli keksa ayolni zo‘rlashdi. Ular orasida o‘zbekistonlik fuqaro ham bor

To‘rt migrant 70 yoshli keksa ayolni zo‘rlashdi. Ular orasida o‘zbekistonlik fuqaro ham bor

Rossiyaning Leningrad viloyatida dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Jinsiy xohishini qondirish uchun jabrdiyda qidirayotgan to‘rt nafar migrant himoyasiz keksa ayolga hujum qilishga qaror qilishdi.

70 yoshli ayol zo‘ravonlardan qochib qutula olmadi, deya xabar berdi “belnovosti.by”.

Tez yordamni jabrlanuvchining singlisi chaqirgan. Keksa ayol og‘ir holatda kasalxonaga olib ketilgan.

Jabrlanuvchining tanasida ko‘plab gematomalar va sinishlar qayd etilgan. Unda bosh miya jarohati aniqlangan. Bundan tashqari, migrantlar nafaqaxo‘rning jag‘ini ham sindirganlar.

Migrantlardan biri - 27 yoshli o‘zbekistonlik xizmat itlari yordamida qo‘lga olingan.

Kiritildi: 07:15 27.05.2019. O'qildi: 3234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!