Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

To‘rt kishini umraga jo‘natish uchun 4800 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

To‘rt kishini umraga jo‘natish uchun 4800 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda fuqarolarni umra ziyoratiga yuborib qo‘yishni va’da qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, 1956 yilda tug‘ilgan Samarqand shahri fuqarosi umra safarlarini tashkil etish uchun tegishli vakolatga ega bo‘lmagan.

Shunga qaramay, u Oqdaryo tumanida yashovchi to‘rt nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborishini aytib, ulardan jami 4800 dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan mablag‘ning 3000 dollarini oldindan qabul qilayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, ushlangan shaxs avval ham firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!