Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turli shaharlarda iPhone X ni sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

Turli shaharlarda iPhone X ni sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

Hozirgi kunda, smartfonlar har bir insonning ajralmas qismiga aylandi. Agarda Renee Dekart tirik bo‘lganda o‘zining mashhur so‘zlarini shunday ifodalagan bo‘lar edi: «Menda  iPhone X bor, demak, men tirikman». Xo‘sh, mashhur gadjetning eng so‘nggi modelini sotib olish uchun qancha ishlash kerak?

UBC mutaxassislari shaharlar reytingini tuzib chiqishdi va unda  iPhone X sotib olish uchun qancha ishlash kerakligi ko‘rsatilgan, deydi “fazo.tv. Shunday qilib,  eng yomon natija Qohiraga tegishli ekan. Qohirada  iPhone X  sotib olish uchun o‘rtacha ish haqi bilan 133,3 kun ishlash kerak ekan. Nairobida 72,2 kun, Pekinda 39,3 kun, Yoxannesburgda 36,4 kun, Panamada 18,7 kun, Tel-Avivda 12,7 kun, Nyu-Yorkda esa 6,7 kun ishlash kerak.

 iPhone X ni sotib olishning eng tezkor yo‘li — Syurix shahrida ekan. Statistikaga ko‘ra, u faqat 4,7 kunni talab qilar ekan. Shuningdek, Moskvada  iPhone X uchun 37,3 kun davomida ishlash kerak. Aytgancha,  iPhone X bir necha kun ichida eskirgan bo‘ladi.

 

Kiritildi: 14:31 31.10.2018. O'qildi: 1654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!