Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkmanistonga xorijdan qaytganlar Ashxobod aeroportida soatlab so‘roq qilinayotgani ma’lum qilindi

Turkmanistonga xorijdan qaytganlar Ashxobod aeroportida soatlab so‘roq qilinayotgani ma’lum qilindi

Xronika Turkmenistana nashrining xabar berishicha, Turkmanistonning xorijda bo‘lgan fuqarolari Ashxobod aeroportida so‘roq qilinmoqdalar. Huquq-tartibot idoralari vakillarini fuqarolarning xorijga chiqishi maqsadi hamda ular Turkmanistonni nima sababga ko‘ra tark etganlari qiziqtirmoqda.

Gap, birinchi navbatda, Turkiyaga pul ishlagani borgan mehnat muhojirlari haqida bormoqda. Ular Turkmanistonga qaytganlaridan keyin aksariyati tahdidlar bilan kechayotgan ko‘p soatlik so‘roqlarga tutilmoqdalar,

Muhojirlarga qiziqish Turkmanistonga xorijiy davlatda noqonuniy bo‘lganlik va ishlashga ruxsat yo‘qligi sababli deportasiya qilingan fuqarolarning ko‘paygani bilan bog‘langan. Turkmaniston migrasiya xizmati bunday fuqarolarni 5 yilga xorijga chiqmaydiganlar ro‘yxatiga kiritadi.

Xorijga pul topgani ketgan turkmanistonliklarning ko‘payishi 2014 yilda mamlakatda yuz bergan iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan bog‘langan. Turkmanistonliklar Turkiyada bir oy vizasiz yura olganlari sababli ushbu davlat ular orasida ishlash uchun jozibador hisoblanadi. Aksariyat muhojirlar esa qonunga zid ravishda xorijda ko‘proq muddatga qoladilar.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 07:03 25.04.2019. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!