Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkmanistonda yog‘ narxi oshdi

Turkmanistonda yog‘ narxi oshdi

Ashxobodda o‘simlik yog‘i qimmatlashdi. Bu haqda «Xroniki Turkmenistana» xabar bermoqda.

Yog‘, shu jumladan, import qilingan yog‘ supermarketlardan "g‘oyib bo‘ldi". Xususan, u Bereketli bozori va Parahat-7 mikrorayonida joylashgan do‘konlarda bo‘lmagan.

Tijorat do‘konlarida 55 manatdan sotilgan bir litr kungaboqar yog‘i endi bozorlarda 62 manatdan sotilmoqda. "Oltin Asir" bozorida Turkiyadan keltirilgan 5 litr o‘simlik yog‘i 285 manatdan, bir litri esa 60 manatdan sotilmoqda.

Shuningdek, poytaxt aholisiga yetkazib beriladigan oziq-ovqat rasioniga kiritilgan o‘simlik yog‘i narxi ko‘tarildi. 25 iyun kuni rasion olganlarga bir litr uchun 18 manatdan yog‘ sotildi.

27 iyun holatiga ko‘ra Ashxoboddagi qora bozorda dollar kursi sotib olish uchun 34,2, sotish uchun 34,7 manat edi.

Kiritildi: 09:31 03.07.2021. O'qildi: 2894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!