Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkmanistonda o‘tkir pnevmoniya kasalligi tarqalmoqda

Turkmanistonda o‘tkir pnevmoniya kasalligi tarqalmoqda

Yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash markazi xodimining ma’lum qilishicha, kasallik tarqalishi jiddiy tus olmoqda, ba’zi bemorlar o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaga olib kelinmoqda, o‘lim holatlari ham mavjud.

Ashxoboddagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining ma’lum qilishicha, yaqinda keksa erkak juda og‘ir ahvolda nafas olishdagi qiynalish bilan olib kelingan. Uni rentgen yordamida tekshirmoqchi bo‘lishgan, biroq bemorning ahvoli shu darajada og‘ir bo‘lganki, u rentgen stolida vafot etgan. Xodimlarning aytishicha, bu COVID-19 kasalligidan boshqa narsa emas.

Shifokorlarning fikricha, bu kasallikning koronavirus ekanligiga shubha yo‘q. Biroq test o‘tkazishga va umuman, koronavirus haqida gapirishga ruxsat berilmaydi. Shifokorlar keksa kishilarni ko‘chaga chiqishdan saqlash haqida ogohlantirmoqda.

Avvalroq Turkmaniston kasalxonalariga koronavirusga chalinganlar kelayotgani haqida xabarlar berilgandi. JSST esa birorta ham koronavirus holati aniqlanmagan Turkmanistonda hukumat bergan ma’lumotlarga ishonishini bildirgandi.

Kiritildi: 22:24 11.06.2020. O'qildi: 7023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!