Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkmanistonda ikki palatali parlament tuziladi

Turkmanistonda ikki palatali parlament tuziladi

Turkmanistonda Xalq Maslahati (Xalq Kengashi) bir ovozdan mamlakatda ikki palatali parlament yaratishni nazarda tutuvchi "Turkmaniston Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitusiyaviy qonun loyihasini ma’qulladi.

TDX agentligi xabariga ko‘ra, og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli mamlakatda Xalq kengashi yig‘ilishi birinchi marotaba masofadan turib o‘tkazilgan.

Unda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov qonun loyihasini muhokama qilgach, Xalq Kengashining hujjatni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini ovozga qo‘ygan. Natijada hujjat bir ovozdan qabul qilingan.

Shundan so‘ng Berdimuhamedov Konstitusiyaviy qonunning qabul qilinishi mamlakatni demokratlashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘lishini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, endi yangi ikki palatali turkman parlamenti Turkmanistonning Milliy Gengeshi (Milliy Kengashi) deb nomlanadi. Loyiha uni qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi va ikki palatadan - Xalq Maslahati va Majlisdan iborat vakillik organi sifatida belgilaydi.

 

Kiritildi: 21:36 26.09.2020. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!