Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkmaniston kemalar qurishni rejalashtirmoqda

A A A
Turkmaniston kemalar qurishni rejalashtirmoqda

Turkmaniston turli sinfdagi va turdagi kemalar qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkmaniston vazirlar mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Vazirlar mahkamasi raisining transport-kommunikasiyasini nazorat qiluvchi o‘rinbosari M.Chakiyevning aytishicha, ayni vaqtda respublikadagi “Balkan” kemasozlik va ta’mirlash zavodida uchta kema – “Turkmaniston” va “Mahtumquli” yuk kemalari va “Bitarap” neft tankeri ta’mirlanmoqda.

Yaqin istiqbolda turli sinfdagi va turdagi kemalarni qurish rejalashtirilmoqda. Ular orasida g‘ildirakli texnikani (avtomobillar, yuk mashinalar, tirkamalar va vagonlar) tashish uchun RO-RO paromlari bor. 

Chakiyev Boeing 737 MAX 7 samolyotlarini sotib olish haqidagi loyihani ham taqdim qilgan. U mamlakat prezidentining so‘zlarini keltirib o‘tib, mamlakat transport siyosati transport majmuasi quvvatlarini oshirish va  milliy dengiz floti salohiyatini kengaytirishni talab qilishini aytgan. Bunda “Balkan” zavodi mahalliy kemasozlikni rivojlantirish uchun asos bo‘lishi lozim. Chakiyev tegishli mutaxassislarni mamlakatda va xorijda tayyorlash muhimligiga e’tibor qaratgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 06:16 17.09.2018. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik