Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkiyadan yuborilgan jo‘natmada taqiqlangan diniy adabiyotlar borligi aniqlandi

Turkiyadan yuborilgan jo‘natmada taqiqlangan diniy adabiyotlar borligi aniqlandi

Navoiy aeroportida xorijdan yuborilgan jo‘natma ichidan chiqqan taqiqlangan kitoblar bojxonadan o‘tkazilmadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

«Navoiy aeroporti» chegara bojxona posti orqali Turkiya davlatidan Navoiyga aviareys bilan olib kelingan kuryerlik jo‘natmalari bojxona xodimlari, yuk egasi hamda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida 4 ta karton qutidagi tovarlar sinchiklab tekshirilganda, 26 dona diniy mazmundagi kitoblar borligi aniqlandi.

Ushbu kitoblar O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va belgilangan nizom talablari asosida o‘rganilganda taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kirishi tasdiqlandi.

Hozirda ushbu kitoblar dalolatnoma asosida vaqtincha saqlovga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 06:00 02.08.2021. O'qildi: 2341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!