Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiyada yangi dron sinovdan o‘tkazildi

A A A
Turkiyada yangi dron sinovdan o‘tkazildi

Turkiyada Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vertikal uchish va qo‘nish xususiyatiga ega dron sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bayraktar uchuvchisiz samolyoti 2,5 km balandlikka muvaffaqiyatli ko‘tarilgan.

2023 yildayoq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan dron avtonom va yarimavtonom parvozlar, shuningdek, avtonom uchish va qo‘nish xususiyatiga ega.

Yangi dron Turkiya dengiz flotining flagmani TCG Anadolu desant kemasiga joylashtiriladi.

Dron monitoring va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish vazifasini ham bajarishi mumkin.

Kiritildi: 23:33 10.01.2023. O'qildi: 2973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik