Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiyada yana bir ortga qaytgan cheklov: Jamoat joylarida himoya niqobi taqish majburiy bo‘ldi

Turkiyada yana bir ortga qaytgan cheklov: Jamoat joylarida himoya niqobi taqish majburiy bo‘ldi

Turkiyada oxirgi kunlarda koronavirusga chalinish holatlari ortgani sababi ba’zi cheklovlar joriy etildi. Xususan, jamoat joylarida himoya niqobida yurish istisnosiz majburiy bo‘ldi, qoidaga rioya qilmaganlar jarimaga tortiladi.

Bundan tashqari, avtobuslarda yo‘lovchilarning tik turib ketishi taqiqlandi. Metro va tramvaylarda qancha yo‘lovchi tik turib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirish osilgan bo‘lishi kerak. Restoranlar va kafelarda soat 24:00 dan keyin musiqa qo‘yish taqiqlandi. Bir necha kun avval hukumat to‘y marosimlari uchun ham cheklov joriy qilgan edi.

8 sentyabrdagi ma’lumotga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 283 270 nafarga, ushbu infeksiyadan vafot etganlar soni esa 6782 nafarga yetgan.   

Kiritildi: 08:42 09.09.2020. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!