Turkiya sharqida vertolyot qulab tushishi oqibatida to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ihlas agentligi xabar bermoqda.
"Quruqlikdagi qo‘shinlarimizga qarashli Cougar vertolyoti soat 13:55da Bingo‘ldan Tatvanga yo‘l olgan. Soat 14:25da u bilan aloqa uzilgan. To‘qqiz nafar harbiy halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari jarohatlangan", - deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabarida.
Agentlikning ma’lumot berishicha, hodisa joyiga harbiylar, tez yordam va qutqaruvchilar guruhi jo‘natilgan.