Bugun, 5 iyun kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida O‘zbekiston kuni tashkil etildi.
Shaharning Kechioren rayonidagi tajbirda keng jamoatchilik O‘zbekistonning zamonaviy rivojalnishi, uning boy tarixiy-madaniy merosi va o‘sib borayotgan turistik imkoniyatlari bilan tanishdi.
Tadbirda Kechioren ma’muriyati rahbari Mustafo Ak, Turkiya Buyuk millat majlisi a’zosi Adolat va rivojlanish partiyasi vakili Abubakr Tosenli, turk yozuvchisi Yovuz Donat, diplomatik muassasalar vakillari, jamoatchilik, OAV, shuningdek, o‘zbeklar va Anqara ahli qatnashdi.
Marosimda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Topo‘latov boshliq delegasiya ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Harakatlar strategiyasi, innovasion g‘oyalar va texnologiyalar, shuningdek, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir brifing o‘tkazilgan.
Marosimda mamlakatning bugungi kundagi rivojlanishiga bag‘ishlangan “Harakatchan O‘zbekiston” nomli film namoyish qilingan.
Tadbirda nutq so‘zlagan Kechioren rayoni hokimi Mustafo Ak O‘zbekiston qadim Turon va Markaziy Osiyoning tarixiy-madaniy markazi ekanini ta’kidladi.