Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiyada juma namozi sport zallarida o‘qiladi

Turkiyada juma namozi sport zallarida o‘qiladi

Turkiyaning Erzurum viloyati gigiyena kengashi viloyat hokimi Okay Memish raisligida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, Qur’onni o‘rganish kurslari yil oxirigacha har kuni masofadan turib o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ob-havoning o‘zgarishi va ko‘chada jamoat namozlarini o‘qish imkoniyati yo‘qligi bois juma namozini sport zallarda tashkil etish belgilandi. Ta’kidlanishicha, bu masjidlarda odamlarning to‘lib ketishining oldini olishga yordam beradi.

Yig‘ilishda, shuningdek, shahar bo‘ylab bolalar bog‘chalari va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilingan.

Kiritildi: 21:00 03.12.2020. O'qildi: 2969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!