Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada havo sharlari mashhurligi ortib bormoqda

A A A
Turkiyada havo sharlari mashhurligi ortib bormoqda

2023 yilda Turkiya bo‘ylab 747.203 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh havo sharlarida sayohat qildi. Bu Turkiya Transport va infratuzilma vazirligining Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasining 2023 yil uchun yillik hisobotidan kelib chiqadi.

Gap Nevshehir-Kapadokiya, Denizli-Pamukkale, Kayseri-So‘g‘anli, Nevshehir-Chat, Aksaray-Ihlara, Afyonkarahisar-Frig va Antaliya-Aspendos mintaqalaridagi yo‘nalishlar haqida bormoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda 67 ta tashkilot xizmat ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi davrda yangi hududlarda parvozlarni amalga oshirish uchun murojaatlar soni ko‘paygan.

Mavjud infratuzilmani yaxshilash ishlari ham davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar Turkiyada 118 ta havo sharlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan 17 tasi eksport qilingan.

Balonlarga xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlar soni o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga oshib, 575 nafardan 654 nafarga yetdi.

2023 yil oxiriga kelib Turkiyada 387 nafar sertifikatlangan issiq havo shari uchuvchisi faoliyat yuritdi.

Kiritildi: 23:57 02.05.2024. O'qildi: 2908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!