Turkiyada fohishalikka majburlangan o‘smir qiz Vatanga qaytarildi.
Aniqlanishicha, fuqaro S.S. o‘qish uchun Istanbulga borib, tanishi orqali shu yerda tahsil olayotgan A.D. bilan bog‘langan. A.D. esa S.S.ni qo‘rqitib, fohishalikka majburlagan.
Shunda S.S. o‘zbek diasporasi vakillari yordamida Bosh konsulxonaga borgan va u yerdan O‘zbekistonga qaytarilgan. Hozir uni oilaviy muhitga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu holatga aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan, deb xabar berdi Istanbuldagi Bosh konsulxona.