Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiyada dunyodagi eng uzun veloyo‘lak ochildi 

Turkiyada dunyodagi eng uzun veloyo‘lak ochildi 

Turkiyaning janubida joylashgan XataYE viloyatida O‘rta yer dengizi sohili bo‘ylab ketuvchi 26 kmlik veloyo‘lak ochildi. E’tiborlisi, veloyo‘lak birorta boshqa yo‘l bilan kesishmaydi va dunyodagi eng uzun veloyo‘lak deb e’tirof etilmoqda.

Yo‘lak dengiz sohiliga parallel ravishda avtotrassa bo‘ylab ketgan. U Samandag‘ va Arsuz aholi punktlarini bir-biri bilan bog‘laydi.

XataYE viloyati gubernatori Rahmi Do‘ganning ta’kidlashicha, veloyo‘lakni ikki yo‘nalish bo‘yicha qo‘llash mumkin. Shu sababli 52 km uzunlikka ega marshrut hosil bo‘ladi.  

Velosipedchi Tolga Ozchelikning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bo‘lak sayyohlar uchun ham, mahalliy aholi uchun ham muhimdir.

"Yagona salbiy tomoni shundaki, ba’zi haydovchilar ogohlantiruvchi belgilarsiz yo‘lni kesib o‘tishadi", dedi u.

Veloyo‘lak bo‘ylab 5 ta dam olish joyini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yildayoq unda milliy va xalqaro musobaqalar o‘tkazilishi kutilmoqda.

2023 yilga kelib, mamlakatda 4,775 kilometrlik velosiped yo‘llarini yaratish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:13 07.08.2020. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!