Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya va Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vazirlari Ukraina va G‘azo masalasini muhokama qildi

Turkiya va Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vazirlari Ukraina va G‘azo masalasini muhokama qildi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Laos poytaxti Viyentianda rus hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi diplomatik manbalar xabar bermoqda.

Turk diplomatiyasi rahbari 57-ASEAN konferensiyasi doirasida tashkil etilgan Turkiya-ASEAN sektorlar muloqoti bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Laosga keldi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar holati, iqtisodiy masalalar va energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar.

Shuningdek, Ukrainadagi mojaro, G‘azo sektoridagi voqealar, Suriyadagi vaziyat va mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining Malayziya, Laos, Cingapur, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari va ASEAN Bosh kotibi bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Turkiya 2010 yilda ASEAN bilan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik shartnomasini imzolagan.

2015 yilda Turkiya ASEANning sektoral muloqot hamkori bo‘lish uchun ariza berdi. ASEANning sohaviy muloqot bo‘yicha hamkorlari savdo, turizm va sarmoya kabi mavzularni muhokama qiladi. Turkiyaning arizasi 2017 yil 5 avgust kuni ASEAN 50-Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ma’qullandi.

Turkiyaning ASEAN davlatlari bilan savdo aylanmasi 2010 yildagi 6,5 milliard dollardan 2017 yilda 12 milliard dollarga yetdi. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2022 yilda 14,8 milliard dollarni, 2023 yilda esa 14,6 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kiritildi: 23:38 26.07.2024. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!