Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida temir yo‘l loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolandi

A A A
Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida temir yo‘l loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ikki davlat o‘rtasida shartnomalar imzolandi. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir kunlik tashrif bilan Naxchivanda bo‘lgan Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning suhbati Naxchivan Muxtor Respublikasi Oliy Majlisida yakkama-yakka formatda bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlar “Turkiya Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida Kars-Naxchivan temir yo‘li loyihasi bo‘yicha niyat protokoli”ni imzolagan.

“Ishonchim komilki, mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi va shu tariqa O‘rta yo‘lakning tarmoqlaridan biri sifatida Ozarbayjon, Turkiya va boshqa mamlakatlar manfaatlariga xizmat qiladi”, dedi Aliyev.

Kiritildi: 08:53 26.09.2023. O'qildi: 1748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!