Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya va Gresiya hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan

A A A
Turkiya va Gresiya hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan

Turkiya va Gresiya ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Afinada Gresiya prezidenti Katerina Sakellaropulu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Gresiyaga tashrifi chog‘ida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 5,5 milliard dollardan 10 milliard dollargacha oshirish chora-tadbirlari muhokama qilinadi.

Turkiya rahbari Turkiya-Gresiya oliy darajadagi strategik kengashi yig‘ilishi Anqara va Afina o‘rtasidagi munosabatlarda «yangi davrni mustahkamlash va davom ettirishga» hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Katerina Sakellaropulou, o‘z navbatida, «Gresiya va Turkiya uchun mavjud ijobiy siyosiy irodani rivojlantirish har qachongidan ham muhimroq» ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:50 07.12.2023. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!