Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya va AQSh Suriyada birgalikda harakat qilishga tayyorligini bildirdi

Turkiya va AQSh Suriyada birgalikda harakat qilishga tayyorligini bildirdi

Turkiya va AQSh terrorchilik tahdidlari Suriya hududi yoki uning ortidan bildirilishidan qat’iy nazar, ularga qarshi qat’iy kurash olib bormoqchi. Bu haqda ikki davlatning qo‘shma bayonotida aytilgan.

Hujjat Suriya bo‘yicha yuqori darajadagi Turkiya-AQSh ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishiga ko‘ra qabul qilingan. Yig‘ilish 7 dekabrda Anqarada bo‘lib o‘tgan.

“Turkiya va AQSh Suriyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi, suverenitetini hurmat qiladi. Suriya ixtilofini siyosiy yo‘l bilan hal qilinishi BMT Xavfsizlik kengashining 2254-sonli rezolyusiyasi tamoyillariga asoslanishi kerak”, deyilgan xabarda.

Bayonotga ko‘ra, Vashington va Anqara joriy yil oxirigacha Suriyaning Manbij tumani bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda aniq progressga erishishni o‘z zimmalariga oladi.

Ishchi guruhning 4-yig‘ilishi 2019 yil fevralidan kech o‘tkazilmasligiga kelishib olingan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 04:38 08.12.2018. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!