Turkiya hukumati Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish ehtimolliga qarshi emas, deb bildirdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Bloomberg telekanali bilan suhbatda.
Vazirning ta’kidlashicha, Anqara Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish ehtimolliga nisbatan pragmatik yondashuvni saqlab qolmoqda.
"Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istagiga qarshiligimiz yo‘q, biroq biz realist bo‘lishimiz lozim. Bu prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan bildirilgan rasmiy nuqtai nazardir," - deya ta’kidladi vazir.
Biroq Turkiya TIV rahbarining fikricha, Qo‘shma Shtatlarning amaldagi ma’muriyati bu masalaga nisbatan salbiy munosabatini o‘zgartirishi ehtimoldan yiroq.
"AQShning avvalgi ma’muriyati Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini haqiqatan ham qo‘llab-quvvatlaganiga ishonchim komil emas. Shu sababli, hozir bu masalada yangi siyosat paydo bo‘ldi, deb o‘ylamayman," - dedi u.