Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkiya toshqinlardan jabr ko‘rgan afg‘onistonliklarga 24 tonna insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Turkiya toshqinlardan jabr ko‘rgan afg‘onistonliklarga 24 tonna insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Turkiya toshqinlardan jabr ko‘rgan afg‘onistonliklarga 24 tonna insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bu haqda Turkiyaning «Anadolu» axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan tayyorlangan insonparvarlik yordamni olib ketayotgan harbiy transport samolyoti Mozori Sharif aeroportiga qo‘ndi.

Yuk 2 000 dona adyol, 14 300 kg oziq-ovqat va 7 tonna dori-darmonlarni o‘z ichiga oladi.

Yordam toshqindan eng ko‘p jabr ko‘rgan Bag‘lon, Taxar va Badaxshon viloyatlari aholisi o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilgan.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10–11 may kunlari boshlangan kuchli yomg‘ir va undan keyin suv toshqinlari ushbu viloyatlardagi 21 tumanga zarar yetkazgan.

Avvalroq BMTning oziq-ovqat dasturida Afg‘onistondagi toshqinlar oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni O‘zbekiston delegasiyasi Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun yo‘l olgan edi. Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan edi.

Kiritildi: 17:45 18.05.2024. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!