“Ozarbayjon Qorabog‘da muammoni hal qilish uchun memorandumda kelishilgan (2020-yil 10-noyabrdagi bayonot – tahr.) boshqa variantlari bo‘lmagan holda aksilterror choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi”.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ma’lum qildi.
“Ozarbayjonning aksilterror operasiyasini o‘tkazishi Bokuda muammoni hal qilishning boshqa imkoniyatlari yo‘qligidan dalolat beradi.Sulh tuzilganidan keyin (2020-yilda – tahr.) Armaniston bir qator majburiyatlarini bajarmadi.Ozarbayjon sabr bilan kutmoqda”, dedi Turkiya TIV rahbari.