Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya razvedkasi rahbari HAMAS yetakchisi bilan gaplashdi

Turkiya razvedkasi rahbari HAMAS yetakchisi bilan gaplashdi

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin Falastinning HAMAS qarshilik harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan garovga olinganlarni almashish va G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Kalin va Haniya, shuningdek, qirg‘in davom etayotgan hududda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokara jarayonining hozirgi holatini ham muhokama qilgan va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish uchun qanday qadamlar tashlash kerakligi haqida fikr almashgan. Tomonlar garovga olinganlar va asirlarni almashish masalalariga, shuningdek, G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish muammosiga e’tibor qaratgan.

Kiritildi: 10:00 30.06.2024. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!