Rossiya-Ukraina urushining tugashi uchun muhim bosqich boshlandi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida o‘tkazilgan Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakuniy bayonotida aytildi.
Turkiyaning doimiy va adolatli tinchlikka erishish uchun xotirjamlik bilan harakat qilayotgani ta’kidlandi:
"Turkiya tinchlik diplomatiyasi va vositachilik faoliyati orqali global tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shishda davom etadi”.