Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya kompaniyasi Toshkent hokimiyati bilan pullik avtoturargohlar qurish bo‘yicha memorandum imzoladi

Turkiya kompaniyasi Toshkent hokimiyati bilan pullik avtoturargohlar qurish bo‘yicha memorandum imzoladi

Bugun, 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi yo‘llar chetida avtomatlashgan pullik avtoturargohlar barpo etish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi va Turkiyaning «Senkron teknolojı A.S» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, Turkiya kompaniyasi O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda loyihaning biznes rejasi, moliyaviy modeli, jihozlar yetkazib berish bo‘yicha va loyiha-smeta hujjatlarini  ishlab chiqadi.  

O‘zbekiston tomoni yo‘l bo‘ylarida avtomatlashgan pullik avtoturargohlar qurish uchun hududlar ajratilishini kafolatlaydi.Xabarda aytilishicha, loyiha qiymati 6 mln dollarga yaqin miqdorni tashkil etadi.

Manba: kun.uz

 

Kiritildi: 20:03 15.09.2018. O'qildi: 1354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!