Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya, Iroq, Qatar va BAA «Taraqqiyot yo‘li» loyihasi bo‘yicha memorandum imzoladi

Turkiya, Iroq, Qatar va BAA «Taraqqiyot yo‘li» loyihasi bo‘yicha memorandum imzoladi

22 aprel kuni Bag‘dodda Iroq, Turkiya, Qatar va BAA o‘rtasida «Taraqqiyot yo‘li» loyihasi doirasidagi hamkorlik bo‘yicha 4 tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Bag‘doddagi Hukumat saroyida imzolangan anglashuv memorandumi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy homiyligida bo‘lib o‘tdi.

Imzolash marosimida Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li, Iroq transport vaziri Rezzak Muhaybis, Qatar transport va kommunikasiya vaziri Qosim bin Seyf al-Sulayti hamda BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhail Muhammad Al Mezrui ham ishtirok etdi.

Kiritildi: 23:28 22.04.2024. O'qildi: 935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!