Turkiya G‘azoga yuborish uchun 2000 nafar harbiydan iborat brigada tayyorlamoqda, deb xabar bemroqda Middle East Eye.
"Isroilning qarshiligiga qaramay, Anqara o‘z harbiylarini xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida G‘azoga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘linma Turkiya armiyasining tajribali tinchlikparvar askarlaridan tashkil topishi ko‘zda tutilgan", deya yozmoqda nashr.
Oq uy hali bu borada yakuniy qarorni qabul qilmagan. BMTning HAMASni qurolsizlantirishni ham o‘z ichiga olgan rezolyusiyasi esa hozirgacha tasdiqlanmagan.
Middle East Eye'ning qayd etishicha, Turkiya va Misr o‘z qo‘shinlarining ishtiroki mamlakatlarni bevosita mojaroga tortib ketishidan xavotirda, Isroil esa G‘azoda NATO'ning kuchli a’zosini ko‘rishni istamayapti.