Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Livandagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi mumkinligi sababli fuqarolarni ogohlantirdi.
«Mintaqamizdagi so‘nggi voqealar tufayli Livandagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tezda yomonlashishi ehtimoli bor», — deyiladi tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
✍️ Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Livanga sayohat qilishdan tiyilishlarini qat’iy tavsiya qiladi. Mamlakatda bo‘lganlarga ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa Nabatiya, Janubiy Livan, Bekaa va Baalbek-Hermel gubernatorliklariga bormaslik tavsiya etiladi.
«Livanda bo‘lishi shart bo‘lmagan fuqarolarga tijoriy reyslar davom etayotgan vaqtda mamlakatni tark etish tavsiya etiladi», — deya ta’kidladi Tashqi ishlar vazirligi.