Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya dunyoning 83 ta davlatiga gul eksport qilishi ma’lum bo‘ldi

Turkiya dunyoning 83 ta davlatiga gul eksport qilishi ma’lum bo‘ldi

2021 yilda Turkiyadan gul mahsulotlari eksporti o‘tgan yilga nisbatan 38 foizga oshib, rekord darajadagi 148 million dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 107 million dollarni tashkil qilgan. Bu haqda manzarali o‘simliklar va mahsulotlar eksportchilari uyushmasi rahbari Ismoil Yilmaz ma’lum qildi.

Yilmazning ta’kidlashicha, pandemiyadan oldin Kolumbiya, Ekvador va Keniya jahon bozorida gul mahsulotlarining asosiy eksportchilari bo‘lgan.

“Yuqori logistika xarajatlari bozor ishtirokchilarini Turkiyaga qarashga majbur qildi, bu esa eksport hajmining oshishiga olib keldi. Dunyoning 83 davlatiga gul mahsulotlari eksport qilamiz. Deyarli butun Yevropa, shuningdek, turkiy davlatlardan tortib Fors ko‘rfazi mamlakatlarigacha bo‘lgan keng hududda”, dedi u.

Yilmaz manzarali o‘simliklar eksportining muhim qismini chinnigullar tashkil etganini aytdi. Qizil, oq, binafsha rangdagi chinnigullar bayram tadbirlarida alohida talabga ega, deya qo‘shimcha qildi uyushma rahbari.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 11:56 06.01.2022. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!