Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiya AQShga va’da berdi

A A A
Turkiya AQShga va’da berdi

Turkiya moliya vaziri o‘rinbosari Elitash: Anqara Rossiyaga qarshi sanksiyalar buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi

AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyemo turkiyalik hamkasbi Nyunus Elitashga rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarning Anqara yordamida joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinishlari haqida gapirib berdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi saytida xabar berildi.

Bunga javoban Elitash Adeyemoga Turkiya tomoni mamlakatdagi hech bir shaxs yoki muassasaning sanksiyalarni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligiga va’da berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pozisiya Moskva va Kiyev bilan “chuqur iqtisodiy va siyosiy” aloqalar va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning qurolli mojaroni hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida shakllangan.

Kiritildi: 03:45 21.08.2022. O'qildi: 6577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik