Turkiya yangi yilni terrorizmga butunlay barham berish maqsadi bilan boshlaydi.
Bu haqda Turkiyaning Haber Global telekanali saytida chop etilgan “2025 yil terrorizmga barham berish yili bo‘ladimi?” nomli maqolada aytiladi.
Maqolada, “Turkiya ichki va xorijda terrorizmni to‘xtatish uchun ko‘p tomonlama qadamlar tashlamoqda” deyiladi.
Xavfsizlik bo‘yicha ekspert Abdulla Agarga ko‘ra, agar Suriyaning yangi hukumati terror tahdidini to‘liq bartaraf etmasa, Turkiya istalgan vaqtda yangi operasiya boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan belgiyalik hamkasbi Bernard Kvintin bilan qo‘shma matbuot anjumanida Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari faoliyatiga chek qo‘yish zarurligini aytgan edi.