Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qoshidagi Turizm sohasida standartlashtirish texnik qo‘mitasi tomonidan “Turizm xizmatlari. Modulli mehmonxonalar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi. Ushbu standart birinchi bor amalga kiritilmoqda.

Milliy standart modulli mehmonxonalarni tasniflash tizimini belgilaydi.

Modulli mehmonxonalarni toifalar bo‘yicha tasniflash quyidagilarga doir talablar majmuiga asoslangan:

- binolar va unga tutash hudud;

- texnik jihozlar va asbob-uskunalar;

- nomerlarning sanitar-gigiyenik jihozlanganligi;

- nomerlarning texnik jihozlanganligi;

- nomerlarni mebel va inventar bilan jihozlanganligi;

- umumiy foydalanish uchun sanitariya ob’ektlari;

- jamoat joylari;

- xizmatlar;

- ovqatlanish xizmatlari;

- xodimlar va ularning tayyorgarligiga doir talablar.

Toifalar uchta «I», «II», va «III» toifa bo‘yicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa «I» (birinchi), eng past «III» (uchinchi) toifa hisoblanadi.

Mazkur milliy standart 2024-yilning 19 avgustdan joriy etiladi.

Kiritildi: 09:18 29.06.2024. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!