Shahboz Saidxanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi — axborot xizmati rahbari, “Milliy PR-markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
SH. Saidxanov davlat va jamoat tuzilmalarida ko‘p yillik ish tajribasiga ega. Faoliyati davomida yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari, Vazirlar Mahkamasi tizimi hamda davlat boshqaruvi organlarida ish olib borgan.
Munisaxon Asilxo‘jayeva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi — axborot xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.