Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turist dunyodagi eng baland sakrash minorasidan sakrab halok bo‘ldi

A A A
Turist dunyodagi eng baland sakrash minorasidan sakrab halok bo‘ldi

Yaponiyalik turist Xitoyda dunyodagi eng baland banji-jamping minorasidan – Makao minorasidan sakrab halok bo‘ldi.

Sakrashdan keyin uning nafasi qisilib qoldi. Biroz vaqt o‘tgach, u nafas ololmay qoldi va yuragi to‘xtadi. Turist kasalxonaga yotqizilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Qayd etilishicha, marhumning jasadida jarohatlar topilmagan. Erkak 56 yoshda edi.

Makao minorasi shaharning diqqatga sazovor joylaridan biridir. Asosan tashrif buyuruvchilar tomonidan kuzatuv minorasi sifatida foydalaniladi, balandligi 233 metr bo‘lib, dunyodagi eng baland banji-jamping maydonchasi hisoblanadi, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 15:04 05.12.2023. O'qildi: 4062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!