Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

To‘raqo‘rg‘on tumaniga ham ayol hokim tayinlandi

To‘raqo‘rg‘on tumaniga ham ayol hokim tayinlandi

Bugun, 2020 yil, 4 mart, chorshanba kuni xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan24.uz  xabar berdi.
Deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Murodxo‘jayev o‘z lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Zulayho Bahriddinovna Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.

Sessiya ishida Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etdilar.

Ma’lumot o‘rnida, Zulayho Bahriddinovna Mahkamova 1968 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1989 yili Namangan davlat pedagogika instituti va keyinchalik Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassiligi o‘qituvchi-pedagog.

U mehnat faoliyatining dastlabki yillarida Yangiqo‘rg‘ondagi umumta’lim maktablarida o‘qituvchilik qilgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Yangiqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari - tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Fermer va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi Yangiqo‘rg‘on tumani vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish markazi direktori, Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Zulayho Mahkamova 2018 yilning aprel oyidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Namangan viloyati hokimining qaroriga binoan 2020 yil 4 mart kunidan e’tiboran To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi. Mazkur qaror tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, sessiyada tasdiqlandi.

Kiritildi: 18:10 04.03.2020. O'qildi: 3254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!