Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat aholisini “azaliy an’analar”ni yodga olishga chaqirdi hamda erkaklar va ayollar omma oldida quchoqlashib, o‘pishmasligi kerakligini ta’kidladi.
"Erkaklar bir-biriga qo‘l berishi, uni issiq kotlet yoki shoxcha kabi uzatmasdan, mahkam qisib ko‘rishishi va jilmayib salomlashishi kerak, undan ortiq emas", — dedi u.
To‘qayev “azaliy an’analar”ga qaytish zarurligi haqidagi bayonotni Qozog‘istonda yangi Konstitusiya kuchga kirganidan keyingi birinchi parlament saylovlarida qatnashganidan so‘ng berdi.
Mamlakatning yangi asosiy qonuni 22 kun ichida ishlab chiqildi. U, boshqa masalalar qatori, prezident hokimiyatini mustahkamlaydi, nikoh tushunchasini erkak va ayol o‘rtasidagi ittifoq sifatida belgilab qo‘yadi.