Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tunis “mehmondo‘stligi” sabab 2 milliard dollarga boyiydigan bo‘ldi

Tunis “mehmondo‘stligi” sabab 2 milliard dollarga boyiydigan bo‘ldi

Saudiya Arbistonining shahzodasi Muhammad bin Salmon Tunisda uni “mehmondo‘stlik” bilan kutib olishgani uchun mamlakatga 2 milliard AQSh dollari berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi tashriflari mobaynida uni yaxshi qarshilashmagan. Uning obro‘si jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sabab tushib ketganligi barchaga ma’lum.

Ta’kidlanishicha, tashrifdan maqsad aynan obro‘-e’tiborini ko‘tarishdir. Sal ilgariroq OAVda Tunisda shahzoda tashrifiga nisbatan norozilik aksiyalari o‘tkazilganligi xabar qilingan edi. Shunga qaramasdan, shahzodaning tashrifi amalga oshdi. Islam-todayning yozishicha, shahzoda Tunisga 2 milliard dollar in’om etibgina qolmay, foydali narxlarda neft yetkazib berishni ham va’da qilgan

Manba: fitrat. uz

Kiritildi: 21:30 05.12.2018. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!