Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirasi anonim shaxs tomonidan korrupsiyada ayblangan

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirasi anonim shaxs tomonidan korrupsiyada ayblangan

2019 yil 2 iyul kuni “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar, Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Nargiza Xonto‘rayeva anonim shaxs tomonidan korrupsiyada ayblangan. 

Shuningdek, uning bu ishlariga vazirlik, xususan vazir A.Shin tomonidan ko‘z yumib kelinayotganligi haqida bir necha marta anonim post qo‘yildi. Garchi anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi qonunda ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, maktabgacha ta’lim vazirligi bu holatni chuqur o‘rganib chiqdi.

Vazirlik kadrlar boshqarmasi hamda ichki audit xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) mudiralari bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida anonim murojaatchi tomonidan keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. 

MTVda vazir boshchiligida hamda ushbu tuman MTT mudiralari ishtrokida o‘tkazilgan yig‘ilishda, tuman maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari keltirilgan ma’lumotlar tuhmat ekanligini yakdillik bilan tasdiqladilar.

O‘z o‘rnida sha’ni, qadr–qimmatini quruq tuhmat, haqoratlardan himoya qilish, ushbu ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotgan shaxsni aniqlash va uni qonuniy jazoga tortish maqsadida Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Nargiza Xonto‘rayeva tuman prokuraturasi hamda IIBga ariza bilan murojaat qildi. 

MTV tashkil topgan kunidan boshlab korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib bormoqda va bu ishlar izchil davom ettiriladi. Biz faktlar bilan tasdiqlangan, asosli murojaatlarni ko‘rib chiqishga va ular bo‘yicha darhol choralar ko‘rishga tayyormiz. Ammo, o‘z xodimlarimizni asossiz tuhmatlardan himoya qilish va bu yo‘nalishda barcha qonuniy choralardan foydalanishimizni ma’lum qilamiz, deya xabar qiladi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati. 

P.S. Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar, turli haqoratli postlar tarqalmoqda. 

 

Bunday holatda qonunchilikda quyidagi javobgarlik ko‘zda tutilganligini eslatamiz: o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 21:00 19.07.2019. O'qildi: 1670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!