Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi

Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi

29–30 dekabr kunlari O‘zbekistondagi barcha 208 ta tuman va shaharda xalq deputatlari kengashlari sessiyalari o‘tkazilib, deputatlar orasidan kengash raislari saylandi. Shu bilan tuman (shahar) darajasida ham hokimiyatning bo‘linish prinsipi to‘liq joriy etildi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab hokimlar endilikda kengash raisi bo‘la olmaydi. Bu amaliyot viloyatlar va Toshkent shahrida 2024 yilda joriy etilgan edi.

📊 Senat ma’lumotiga ko‘ra, saylangan raislarning:
— 31 nafari (14,9%) ayollar;
— 18 nafari (8,5%) boshqa millat vakillari;
— 203 nafari (97,5%) oliy ma’lumotli;
— 21 nafari davlat mukofotlari sohibi;
— 8 nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega.

Kiritildi: Bugun 17:24. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!