Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

To‘lamadingmi? Jazoying bitta — qamalasan!

To‘lamadingmi? Jazoying bitta — qamalasan!

Fukarolik ishlari buyicha Shovot tumanlararo sudining 07.01.2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Davletovdan undiruvchi M.Salayeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati sobiq sud ijrochilarining Gurlan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidai ijro ishini yuritishni ko‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi qarzdorga topshirilgan va majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish xuquqlari vaqtincha cheklangan.

Qarzdor A.Davletovga aliment pullarini to‘lashi to‘g‘risda davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotoba ogohlantirish berilganiga qaramasdan aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qarzdor A.Davletov 01.02.2012 yildan 29.11.2017 yilga qadar hisoblangan 36 537 095 so‘m aliment pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli, unga nisbatan MJtKning 47-4-moddasiga asosan to‘plangan hujjatlar Gurlan tuman mamuriy sudi tomonidan 05.12.2019 yilda ko‘rib chiqildi va unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 17:18 13.12.2019. O'qildi: 3699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!