Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

To‘lagan Isoqov: “Yigitlar samolyotda o‘lib ketishlarini oldindan sezishgan”

To‘lagan Isoqov: “Yigitlar samolyotda o‘lib ketishlarini oldindan sezishgan”

Bugun “Paxtakor-79” jamoasi mash’um aviahalokatga uchraganiga roppa-rosa 40 yil to‘ldi.

O‘zA shu munosabat bilan marhum “paxtakor”chilar haqidagi xotiralarni ta.dim etdi. Quyida futbolimiz faxriysi, mash’um aviahalokatda halok bo‘lgan jamoaning sardori va yetakchisi bo‘lgan To‘lagan Isoqovning xotiralari bilan tanishasiz.

- To‘lagan O‘lmasovich, odatda: inson o‘zining umri poyoniga yetib borayotganini sezadi, deyishadi. Jamoadosh do‘stlaringiz bilan so‘nggi bor uchrashganingizda kimdir siz bilan oxirgi marotaba ko‘rishayotgandek taassurot qoldirganmi?

— Bu haqda men ham juda ko‘p eshitganman. Ammo futbolchilar bilan oxirgi marotaba ko‘rishganimda bunday holatni sezmaganman. Lekin sizga bir narsani aytishim joiz, yigitlar bir kun kelib samolyotda halok bo‘lishini sezishgan. Negaki ko‘p safarlarga borardik va doimiy ravishda samolyotda parvoz qilishga to‘g‘ri kelardi. Safarlardan qaytib kelib uyda bir yoki ikki kun bo‘lmasdan yana uchib ketardik. O‘shanda samolyot bilan bog‘liq bir qancha noxush holatlarni ham boshdan o‘tkazganmiz. Ba’zida samolyot dvigateli ishlamay qolar, ba’zan esa magnit maydoniga tushib qolardik. Shunday paytlarda jamoadoshlarim yarim hazil, yarim chin ma’nosida “Bir kunmas bir kun, baribir, samolyotda o‘lib ketamiz”, degan gaplarni aytishardi...

Mana, oradan 40 yil o‘tdi, sochimga oq tushdi. Lekin haligacha o‘sha yigitlarning qanday keksayishini tasavvur qilolmayman, negaki ular mening ko‘z o‘ngimda o‘sha navqiron yigit xolicha qolishgan. “Paxtakor”da 14 yil to‘p tepgan bo‘lsam, shu vaqt oralig‘ida o‘ndan oshiq murabbiyni ko‘rdim. Deyarli har mavsum murabbiy o‘zgarardi. Lekin o‘sha so‘nggi murabbiy — Bazilevich juda kuchli mutaxassis edi. Uning mashg‘ulot o‘tishlari va o‘yinga taktika tanlashi Yevropa futbolini eslatardi. Biroq u ham jamoada uzoq vaqt faoliyat olib borolmadi. Negaki boshqalar o‘lib ketgan, biz esa tirik qolgan edik. Marhum jamoadoshlarimning oila a’zolaridan ko‘ngil so‘rab, taskin berishga borganimizda ularning “Bolam ham ikki oyog‘i yo‘q bo‘lsa-da, hayot bo‘lganida qaniydi”, degan ohu-nolalarini eshitgach futbol o‘ynashga jur’atingiz ham yetmaskan. Bazilevich ham shunday ruhiy iskanja ta’sirida “Paxtakor”da uzoq ishlay olmadi.

 

 

        

Kiritildi: 19:23 11.08.2019. O'qildi: 9452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!