Indoneziyaning «UI Green Metric World University Ranking» xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha joriy yil reyting natijalari e’lon qilindi.
Quvonarlisi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti — xalqaro «UI Green Metric World University Ranking» nufuzli reytingida TOP oliy ta’lim muassasalari qatorida rivojlanayotgan institut sifatida e’tirof etildi va dunyo oliygohlari ichida 1296-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, UI Green Metric World University Ranking — 2010 yilda «Universitas Indonesia» tomonidan tashkil etilgan yashil kampus va ekologik barqarorlik reytingidir. Mazkur tanlov «Universitas Indonetsia» tomonidan o‘tkaziladigan jahon darajasidagi oliy o‘quv yurtlari reytingi bo‘lib, 6 mezon bo‘yicha 39 ko‘rsatkich orqali universitetlarning ekologik majburiyatlari va tashabbuslari natijalarini shaffof aniqlashga qaratilgan. Demak, UI Green Metric World University Ranking – «yashil» universitetlarning global reytingi hisoblanadi.