Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Truss Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Britaniyaning do‘sti ekanligi hozircha noma’lumligini aytdi.
Qayd etilishicha, 25 avgust kuni Konservativ partiyaning saylovoldi tashviqoti bo‘lib o‘tgan, har ikki nomzodga “Prezident Makron do‘stmi yoki dushmanmi?” degan savol berilgan.
“Bu hali aniq emas... Agar men bosh vazir bo‘lsam, unga so‘zlari emas, harakatlariga qarab baho beraman”, — degan Truss.
Avvalroq, Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari, agar kerak bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyor ekanini aytgandi.