AQSh prezidenti elchisi Stiven Uitkoffning kelasi hafta Moskvaga tashrif buyurishi haqida dastlabki kelishuvga erishildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
“Uitkoffga kelsak, aytishim mumkinki, u kelasi hafta Moskvaga kelishi haqida dastlabki kelishuvga erishildi”, — dedi Kreml matbuot kotibi.
Ushakov, shuningdek, Rossiyaga AQSh prezidentining maxsus vakilidan tashqari, AQSh ma’muriyatining Ukraina ishlariga aloqador qator vakillari ham kelishini qo‘shimcha qildi.