Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Trampning kuyovi ishga kirishdi

A A A
Trampning kuyovi ishga kirishdi

Amerika prezidentining kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushner sentyabr oyining boshlarida arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ishontirish uchun Yaqin Sharqqa safarini boshlaydi, deya xabar beradi Axios.

Gazetaga ko‘ra, Kushner va boshqa bir qator rasmiylar Bahrayn, Ummon va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishadi. Ular mamlakatlar Birlashgan Arab Amirliklari va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun kelishuvga qo‘shilishlariga umid qilishmoqda.

Avvalroq, Tel-Aviv Bahrayn va Ummonni munosabatlarni normallashtirishga chaqirdi. Bahrayn ham, Ummon ham BAAning Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha ilgari imzolagan bitimini yuqori baholadilar, ammo BAAdan o‘rnak olish rejalari haqida hech qanday bayonot berilmadi.

13 avgust kuni Isroil va BAA diplomatik munosabatlarni normallashtirishi va yangi aloqalar o‘rnatishi haqida e’lon qilishdi.

Kiritildi: 10:34 23.08.2020. O'qildi: 2790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik