Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Trampning chaqirig‘i yerda qoladmi?

A A A
Trampning chaqirig‘i yerda qoladmi?

Trampning chaqirig‘iga qaramay, yirik neft kompaniyalari Venesuelaga qaytishga shoshilmayapti. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday loyihalar 18 oy ichida amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi.

Xabar berilishicha, prezident Donald Trampning AQSh kompaniyalarini Venesuela neftini qazib olishga jalb qilish rejalari soha vakillari tomonidan shubha bilan qarshi olinmoqda. Neft narxlarining pastligi, siyosiy noaniqlik va vayron bo‘lgan infratuzilma Venesuelaga investisiyalarni xavfli va qimmat qiladi.

Hozircha Venesuelada faoliyat yuritayotgan yagona AQSh kompaniyasi Chevron bo‘lib qolmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Exxon Mobil, ConocoPhillips va Chevron Venesueladagi faoliyatini kengaytirishga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqda.

Kiritildi: 21:17 06.01.2026. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!