AQSh prezidenti Donald Trampning boyligi 2025 yil sentyabridan beri 1,1 milliard dollarga kamaydi va uning boyligi hozirda 6,2 milliard dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi Report.
Forbes jurnaliga ko‘ra, yo‘qotish sentyabr oyida taxminan 17 dollarga sotilgan Trump Media & Technology Group aksiyalari narxining pasayishi bilan bog‘liq. Hozirda kompaniyaning bitta aksiyasini 10,30 dollarga sotib olish mumkin.
Amerika prezidenti Forbes milliarderlari ro‘yxatida 595-o‘rinda. Jurnalning xabar berishicha, sentyabr oyi boshida Trampning boyligi 7,3 milliard dollarga yetgan va uni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 201-o‘ringa qo‘ygan.