Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Trampni saylovda kim mag‘lub eta olishi aniqlandi

Trampni saylovda kim mag‘lub eta olishi aniqlandi

AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris va sobiq davlat kotibi Hillari Klinton noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida respublikachi va sobiq prezident Donald Trampdan ustun kelishi mumkin. Bu haqda Bendixen&Amandi tadqiqot kompaniyasi ma’lum qildi.

Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, agar AQSh prezidenti Jo Bayden saylovlarda Demokratik partiya vakili bo‘lsa, saylovchilarning 42 foizi unga, 43 foizi Trampga ovoz bergan bo‘lardi. Yana 5 foizi uchinchi tomon uchun ovoz beradi, qolgan 10 foiz respondentlar aniq javob bermagan.

Bundan tashqari, agar Kamala Xarris prezidentlikka nomzodini ilgari surganida, respondentlarning 42 foizi uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Agar Hillari Klinton saylovlarda Demokratik partiya vakili bo‘lsa, so‘rov natijalariga ko‘ra, u 43 foiz, Tramp esa 41 foiz ovoz to‘plagan bo‘lar edi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 86 foizi saylovoldi debatlarini u yoki bu tarzda kuzatgan. Ularning 61 foizi ko‘rganlariga asoslanib, Bayden yana to‘rt yil davomida prezidentlik qilish uchun aqliy qobiliyat va jismoniy kuchga ega emas, deb hisoblagan.

So‘rov 2 iyuldan 6 iyulga qadar o‘tkazilgan. Ro‘yxatga kiritilgan ming nafar saylovchi ishtirok etgan.

Kiritildi: 21:23 09.07.2024. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!